Новости

Последние новости

янв.21
Yoshlar bandligi va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
Nurli Pangat MFYda pillachilik bilan shug‘ullanib kelayotgan xonadonlar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
Sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi.
янв.21
Mahallada amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
Bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputatlar Paxtakor mahallasidagi ichki yo‘llar holatini o‘rgandi
янв.21
Deputat Buyuk Ipak yo‘li mahallasida soliq inspektori faoliyatini o‘rgandi
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILMOQDA.

Toshloq tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi deputati G.Sobirova tomonidan yuborilgan deputat so‘roviga berilgan javobda Mehnatobod MFY, Mirishkor va Xushnud ko‘chalari hududida elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha ishlar olib borilayotganini ma’lum qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu hudud 35/10 kVli “Xonariq” nimstansiyasidan chiquvchi 10 kVli fider “Dombas” orqali ta’minlanadi. Murojaat asosida o‘rganish ishlari natijasida hududga 3 dona 0.4 kVli tayanch o‘rnatish, 0.4 kVli traves va 43 dona izolyator, shuningdek 1500 metr sim yetkazish zarurligi aniqlangan.

Hozirda ko‘cha davlat investitsiya dasturida mavjud emasligi sababli, elektr qurilmalari bo‘yicha rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari amalga oshirilayotgan hududlardan demontaj qilingan yaroqli materiallar (3 dona tayanch, 1500 metr sim va boshqa zarur jihozlar) olib kelinib, qurilish-montaj ishlari bajarilishi rejalashtirilgan

Slide 1 of 1