⚡️ "Barlos"da elektr ta’minoti yaxshilandi: Turon OSHPga yangi transformator o‘rnatildi
Aholi salomatligini asrash va tibbiy xizmat sifatini oshirish yo‘lidagi amaliy ishlar davom etmoqda. 🏥
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A.Zikiryayev tashabbusi bilan "Barlos" MFY hududida joylashgan "Turon" oilaviy shifokorlik punkti (OSHP) binosiga yangi va zamonaviy transformatorlar o‘rnatib berildi. 👷♂️⚙️
Bu orqali
✅ Tibbiy muassasada elektr energiyasi uzluksizligi ta’minlanadi;
✅ Zamonaviy tibbiy uskunalar xavfsiz va barqaror ishlaydi;
✅ Mahalladagi aholi uchun ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati yanada yaxshilanadi.
Inson qadri ulug‘langan yurtda aholi farovonligi va salomatligi yo‘lidagi islohotlar har bir mahallada o‘z aksini topmoqda.
Xalq dardi bilan yashash — oliy maqsad!