Mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati va ijtimoiy
ko‘rsatkichlar tahlil qilindi
11-Zominovul saylov okrugi bo‘yicha Xalq demokratik
partiyasi (XDP) deputatlik guruhi a’zosi T.Azamatov tomonidan hududdagi
xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi
o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahalladagi ayollarning ijtimoiy
holati, ularni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ko‘rsatkichlar va oilaviy muhit
barqarorligi ko‘zdan kechirildi.
Monitoring natijasida quyidagilar aniqlandi:
"Ayollar daftari" bo‘yicha statistik
ma’lumotlar: Bugungi kunda mahallada jami 121 nafar xotin-qiz "Ayollar
daftari"da ro‘yxatda turibdi. Ularning
toifalar bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:
· 1-toifa: 70 nafar;
· 2-toifa: 6 nafar;
· 4-toifa: 20 nafar;
· 5-toifa: 25 nafar. (Ma’lumot uchun: 3-toifa
bo‘yicha ro‘yxatda ayollar mavjud emas).
Oila barqarorligi: Quvonarli holat shundaki, joriy yil
davomida mahallada oilaviy ajrimlar qayd etilmadi. Shuningdek, hududda notinch
oilalar mavjud emasligi aniqlandi.
Xulosa: Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan olib
borilayotgan tizimli tushuntirish va profilaktika ishlari natijasida hududda
ijtimoiy-ma’naviy muhit barqaror saqlanmoqda. Deputat tomonidan "Ayollar
daftari"dagi xotin-qizlarga manzilli yordam ko‘rsatish jarayonlari doimiy
nazoratga olindi.