Новости

Последние новости

янв.21
Yoshlar bandligi va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
Nurli Pangat MFYda pillachilik bilan shug‘ullanib kelayotgan xonadonlar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
Sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi.
янв.21
Mahallada amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
Bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputatlar Paxtakor mahallasidagi ichki yo‘llar holatini o‘rgandi
янв.21
Deputat Buyuk Ipak yo‘li mahallasida soliq inspektori faoliyatini o‘rgandi
QUVA MAHALLASIDA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH ISHLARI TAHLIL QILINDI

 QUVA MAHALLASIDA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH ISHLARI TAHLIL QILINDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati M.Sayfidinov, kotibiyat mudiri
R.Nodirov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Fozilov tomonidan Quva mahalla
fuqarolar yigʻinida aholini tadbirkorlikka jalb etish, tadbirkorlikni har
tomonlama qoʻllab-quvvatlash va yangi ish oʻrinlarini yaratish borasida,
xususan, 2026 yilning birinchi choragi davomida ushbu yoʻnalishda bajarilgan
ishlar tahlil qilinib, mahallada tadbirkorlik muhitini yanada rivojlantirishga
qaratilgan chora-tadbirlar samarasi oʻrganildi. 

Jumladan, mahalla raisi va hokim yordamchisi koʻmagida tadbirkorlik faoliyatini boshlash
istagida boʻlgan 16 nafar fuqaroga imtiyozli kredit mablagʻlari ajratilgani,
ushbu mablagʻlarning maqsadli va samarali ishlatilishi ustidan tizimli nazorat
oʻrnatilgani eʼtirof etildi. 

Shuningdek, deputatlar yosh tadbirkor Y.Hakimov tomonidan mahallada tashkil etilgan yumshoq
mebellar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan sex faoliyati bilan yaqindan tanishdilar
va u yerda yaratilgan sharoitlar, mahsulot sifati hamda bozor talabiga mos
ravishda faoliyat yuritish holati oʻrganilib, faoliyatni yanada kengaytirish,
yangi ish oʻrinlari yaratish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi. 

Oʻrganishlar yakunida mahallada tadbirkorlikni
rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va daromad manbalarini kengaytirish
borasidagi ishlarni yanada jadallashtirish boʻyicha mahalla raisi hamda hokim
yordamchisiga tegishli taklif va tavsiyalar berdilar.  

Slide 1 of 4