Новости

Последние новости

янв.21
Yoshlar bandligi va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
Nurli Pangat MFYda pillachilik bilan shug‘ullanib kelayotgan xonadonlar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
Sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi.
янв.21
Mahallada amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
Bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputatlar Paxtakor mahallasidagi ichki yo‘llar holatini o‘rgandi
янв.21
Deputat Buyuk Ipak yo‘li mahallasida soliq inspektori faoliyatini o‘rgandi
Hududda investitsion loyihalar ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Turdiyev Anvar Xaytbayevich va Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Bekniyazov Baxramjon Kamiljonovich, tuman Investitsiya bo‘limi bosh mutaxassisi S.Masharipov hamda partiya tuman apparati rahbari A.Aytmuratovlar tomonidan hududdagi investitsiyalarning bugungi kundagi holati o‘rganib chiqildi.

🏗 Xususan, “JASORAT” xususiy korxonasi tomonidan 6,5 mlrd so‘m miqdorida (o‘z hisobidan) investitsiya kiritish hisobiga “Aholiga xizmat ko‘rsatish markazi va 3 qavatli savdo kompleksi tashkil etish” loyihasi amalga oshirilmoqda.

📊 Mazkur loyiha:

▪️ PF-129-sonli farmoni

▪️ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2024 yil 27 dekabrdagi 846-13-0-Q/24-sonli qarori asosida amalga oshirilmoqda.

📍 Shuningdek, tumanning “Markaziy” MFY hududidan qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan yerlar hisobidan 12 sotix yer maydoni 49 yil muddatga ijara huquqi bilan ajratilgan.

👷‍♂️ Bugungi kunda loyiha doirasida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasidan tegishli ruxsatnoma olingan bo‘lib, qurilish ishlari boshlangan.

💼 Loyiha amalga oshirilishi natijasida 17 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

✅ Bu kabi investitsion tashabbuslar hududda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va iqtisodiy salohiyatni oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3