Новости

Последние новости

янв.21
Yoshlar bandligi va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
Nurli Pangat MFYda pillachilik bilan shug‘ullanib kelayotgan xonadonlar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
Sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi.
янв.21
Mahallada amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
Bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputatlar Paxtakor mahallasidagi ichki yo‘llar holatini o‘rgandi
янв.21
Deputat Buyuk Ipak yo‘li mahallasida soliq inspektori faoliyatini o‘rgandi
Тўрақўрғон

Saylovchilar bilan ochiq muloqot

10-Ibrat saylov okrugidan xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylangan deputat, senator Ikromxon Najmiddinov To‘raqo‘rg‘onlik saylovchilar bilan uchrashdi.

Tadbirda ishtirok etgan tuman hokimi Sherali Qosimov saylovchilar vakillari to‘plangan yig‘ilishda deputatning huquq va burchlari xususida gapirdi.

I. Najmiddinov saylovdan keyingi davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida axborot berar ekan, fuqarolarning huquqiy savodxonligi ortib, o‘z haq-huquqlarini talab qilayotganliklarini mamnuniyat bilan e’tirof etdi.

Shuningdek, saylovchilar talabidan kelib chiqqan holda bir necha mahallalarda ko‘chalarni asfaltlashtirish, hududlarga elektr tarmoqlari tortish, chiroqlar va kuzatuv kameralari o‘rnatish bo‘yicha bajarilgan ishlarga to‘xtaldi.

Saylovchilar Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatiga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etdilar va tegishli javoblar olindi.

Slide 1 of 2