Новости

Последние новости

янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
Nurli Pangat MFYda pillachilik bilan shug‘ullanib kelayotgan xonadonlar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
Sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi.
янв.21
Mahallada amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
Bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputatlar Paxtakor mahallasidagi ichki yo‘llar holatini o‘rgandi
янв.21
Deputat Buyuk Ipak yo‘li mahallasida soliq inspektori faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Bog'ishamol mahallasida jinoyatchilikka qarshi profilaktika tadbirlari deputat nazoratida
#deputat_sorovi 🇺🇿 Ishtixon markazidagi eski uylarni renovatsiya qilish va kanalizatsiya tizimi qurilishi yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Olim Sadullayev tomonidan Ishtixon tumani hokimining o‘rinbosari – tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i S.Ochilovga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-392-son qarorida belgilangan Ishtixon tumani markazidagi eski ikki qavatli uylar o‘rnida renovatsiya asosida yangi sakkiz qavatli uylar qurish hamda ko‘p kvartirali uylar uchun kanalizatsiya inshootlarini barpo etish ishlari yuzasidan ma’lumot so‘ralgan.

🔹 12 ta ikki qavatli, 240 xonadonli uylarni renovatsiya qilish ishlari;

🔹 2026-yil I choragi davomida amalga oshirilgan ishlar;

🔹 Loyihaning bugungi holati va bajarilish sur’ati;

🔹 Belgilangan muddatlarda yakunlanish imkoniyati;

🔹 Qurilish va infratuzilma ishlari sifati yuzasidan aniq va asoslantirilgan ma’lumotlar taqdim etilishi so‘ralgan.

Mazkur deputatlik so‘rovi tumanda amalga oshirilayotgan yirik uy-joy va infratuzilma loyihalari ustidan samarali deputatlik nazoratini ta’minlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda aholining yashash sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 1