Новости

Последние новости

янв.21
Yoshlar bandligi va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
Nurli Pangat MFYda pillachilik bilan shug‘ullanib kelayotgan xonadonlar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
Sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi.
янв.21
Mahallada amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
Bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputatlar Paxtakor mahallasidagi ichki yo‘llar holatini o‘rgandi
янв.21
Deputat Buyuk Ipak yo‘li mahallasida soliq inspektori faoliyatini o‘rgandi
#24_ta_masala ✅ Deputat A.Rabbimov Zarbuloq mahallasidagi yo‘l ta’miri ishlarini o‘rgandi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati A.Rabbimov Zarbuloq mahalla fuqarolar yig‘ini hududida amalga oshirilayotgan ichki yo‘llarni joriy ta’mirlash ishlari bilan joyida tanishdi.

Loyihaga ko‘ra, mahalla hududidagi 1,529 km ichki yo‘l ta’mirlanishi belgilangan bo‘lib, bugungi kunda yo‘lning asos qismini tekislash, shag‘al yotqizish va maxsus texnikalar yordamida zichlash ishlari olib borilmoqda.

Mazkur loyiha uchun 730 359 088,95 so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, qurilish-ta’mirlash ishlari “ZUXAYIL DOVUR” MCHJ tomonidan bajarilmoqda.

Deputat o‘rganish davomida ishlarning sifati, belgilangan muddatlarda bajarilishi hamda aholi uchun yaratilayotgan qulayliklarga alohida e’tibor qaratdi. Shuningdek, mas’ullarga yo‘l ta’miri ishlarini sifatli va o‘z vaqtida yakunlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Ushbu yo‘lning ta’mirlanishi Zarbuloq mahalla fuqarolar yig‘ini aholisining kundalik qatnovi uchun qulaylik yaratish, transport harakatini yaxshilash va hudud infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 5