Новости

Последние новости

янв.21
Yoshlar bandligi va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
Nurli Pangat MFYda pillachilik bilan shug‘ullanib kelayotgan xonadonlar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
Sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi.
янв.21
Mahallada amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
Bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputatlar Paxtakor mahallasidagi ichki yo‘llar holatini o‘rgandi
янв.21
Deputat Buyuk Ipak yo‘li mahallasida soliq inspektori faoliyatini o‘rgandi
#sorov_ijrosi ➕ 15-son oilaviy poliklinika qurilishi 75 foizga bajarildi

👩‍💼 Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Safarova Gulmira Karimovnaning deputat so‘roviga asosan 15-son oilaviy poliklinika binosini rekonstruksiya qilish ishlari yuzasidan ma’lumot taqdim etildi.

📝 Javob xatida qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-393-son qarori asosida mavjud 50 qatnovli bino o‘rnida yangi 50 qatnovli, 1-tip oilaviy poliklinika talablariga javob beradigan zamonaviy bino qurilmoqda.

🚧 2026-yil I choragi davomida:

🔹 loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib, ekspertizadan o‘tkazildi;

🔹 qurilish maydoni tayyorlandi va eski binoning zarur qismi demontaj qilindi;

🔹 pudratchi tashkilot aniqlanib, qurilish ishlari boshlandi;

🔹 poydevor hamda asosiy konstruktiv ishlarning bir qismi bajarildi.

🏗 Hozirgi kunda obyektda qurilish-montaj ishlari jadval asosida davom etmoqda. Loyihaning bajarilish darajasi 75 foizni tashkil etib, obyektni belgilangan muddatda foydalanishga topshirish imkoniyati mavjud.

✅ Mazkur loyiha yakunlangach, hudud aholisi uchun birlamchi tibbiy xizmatlar sifati oshib, zamonaviy va qulay tibbiyot muassasasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 1