Новости

Последние новости

янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
Nurli Pangat MFYda pillachilik bilan shug‘ullanib kelayotgan xonadonlar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
Sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi.
янв.21
Mahallada amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
Bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputatlar Paxtakor mahallasidagi ichki yo‘llar holatini o‘rgandi
янв.21
Deputat Buyuk Ipak yo‘li mahallasida soliq inspektori faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Bog'ishamol mahallasida jinoyatchilikka qarshi profilaktika tadbirlari deputat nazoratida
KICHIK SANOAT ZONASI FAOLIYATI O‘RGANILDI

 KICHIK SANOAT ZONASI FAOLIYATI O‘RGANILDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputatlari Kengash huzuridagi Yoshlar maslahat
guruhi a’zolari bilan birgalikda Mingchinor qishlog‘ida joylashgan “Turk-1”
kichik sanoat zonasida sanoatni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash,
ayniqsa yoshlar uchun yangi ish o‘rinlarini yaratish borasida amalga
oshirilayotgan ishlarni o‘rgandilar. 

Xususan, deputatlar “ZOOVETFARM SERVIS” xususiy korxonasiga tashrif buyurib, chorva
hayvonlari uchun dori vositalari ishlab chiqarish jarayonlarini ko‘zdan
kechirdilar. Korxonada ishchilar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari,
xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi, ishlab chiqarish samaradorligini
oshirishga qaratilgan innovatsion yechimlarga alohida e’tibor qaratdilar. Shuningdek, korxona
rahbariyati bilan muloqot chog‘ida ishlab chiqarish yo‘nalishini
diversifikatsiya qilish, yangi turdagi mahsulotlarni o‘zlashtirish va
qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha rejalar muhokama qilindi.
 

Slide 1 of 4