Новости

Последние новости

янв.21
Yoshlar bandligi va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
Nurli Pangat MFYda pillachilik bilan shug‘ullanib kelayotgan xonadonlar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
Sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi.
янв.21
Mahallada amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
Bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputatlar Paxtakor mahallasidagi ichki yo‘llar holatini o‘rgandi
янв.21
Deputat Buyuk Ipak yo‘li mahallasida soliq inspektori faoliyatini o‘rgandi
#sorov_ijrosi ➕ Deputat so‘rovi asosida 6-son oilaviy poliklinika rekonstruksiyasi yuzasidan ma’lumot olindi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Manzura Umirovaning deputat so‘roviga asosan, Ishtixon tumani 6-son oilaviy poliklinikasi binosini rekonstruksiya qilish va qo‘shimcha 50 qatnovli bino qurish ishlari yuzasidan Sog‘liqni saqlash bo‘limining rasmiy javobi olindi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-393-son qaroriga muvofiq amalga oshirilayotgan loyiha qiymati 2 mlrd 476 mln so‘mni tashkil etadi.

2026-yil I choragi davomida:

mavjud eski bino va inshootlarni buzish ishlari to‘liq yakunlangan;

qurilish maydoni keyingi bosqich ishlari uchun tayyor holatga keltirilgan.

Loyiha doirasida 6-son oilaviy poliklinikani 1-tip oilaviy poliklinikaga moslashtirish hamda qo‘shimcha 50 qatnovli yangi bino barpo etish ko‘zda tutilgan.

Qayd etilishicha, qurilish-rekonstruksiya ishlari tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari va ishlar grafigi asosida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Obyektni foydalanishga topshirish muddati 2026-yil 15-iyul etib belgilangan bo‘lib, uni muddatida yakunlash imkoniyati mavjud.

Deputatlik nazorati doirasida mazkur obyekt bo‘yicha ishlar muntazam o‘rganib boriladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 1