Новости

Последние новости

янв.21
Yoshlar bandligi va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
Nurli Pangat MFYda pillachilik bilan shug‘ullanib kelayotgan xonadonlar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
Sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi.
янв.21
Mahallada amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
Bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputatlar Paxtakor mahallasidagi ichki yo‘llar holatini o‘rgandi
янв.21
Deputat Buyuk Ipak yo‘li mahallasida soliq inspektori faoliyatini o‘rgandi
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi deputati N.Nishonov o‘z saylov okrugida joylashgan 38-qishloq oilaviy poliklinikasining faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

 Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi deputati N.Nishonov o‘z saylov okrugida joylashgan 38-qishloq oilaviy poliklinikasining faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Mazkur tashrif hududda aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmat sifatini oshirish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni belgilash maqsadida amalga oshirildi. 

Tashrif davomida deputat tibbiyot muassasasining moddiy-texnik bazasi, zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlanganlik darajasi,
shuningdek, tibbiyot xodimlarining malakasi va bemorlarga xizmat ko‘rsatish sifati bilan tanishdi. Ayniqsa, profilaktika ishlari, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, surunkali kasalliklarni erta aniqlash va davolash borasida olib borilayotgan ishlar alohida e’tiborga olindi.
Deputat tomonidan muassasaga murojaat qilgan fuqarolar bilan ham bevosita muloqot o‘tkazilib, ularning fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi. Shuningdek, deputat sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar, jumladan, birlamchi bo‘g‘in xizmatlarini yanada rivojlantirish, aholiga sifatli va qulay tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash davlat
siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi. Bu borada joylarda deputatlik nazoratini kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.
Tashrif yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, tibbiyot muassasasining faoliyatini yanada takomillashtirish hamda aholining tibbiy xizmatdan qoniqish darajasini oshirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab
olindi.
Mazkur tashrif deputatlarning joylardagi dolzarb ijtimoiy masalalarga befarq emasligini, aholi manfaatlarini ta’minlash yo‘lida tizimli ishlar olib borilayotganini yana bir bor namoyon etdi. 

Slide 1 of 5