Новости

Последние новости

янв.21
“Toshkent” mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Paxtakor tumanida sport maktabi qurilishi o‘rganildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida aholi murojaatlari va tomorqalar holati o‘rganildi
янв.21
Paxtakor tumanida “drayver” loyihalar asosida amalga oshirilgan obyektlar o‘rganildi
янв.21
Deputat ishtirokida uch avlod uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yolg‘iz keksalar xonadonida hashar tashkil etildi
янв.21
Deputat yosh dehqonlar bilan uchrashdi
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN “OQ BULOQ” MFYDA ICHIMLIK SUVI VA ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
“Madad” nodavlat notijorat tashkiloti hamda Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi.
янв.21
Deputatlar Oqbuloq mahallasidagi tomorqa va issiqxonalar holatini o‘rgandi
Mini stadion qurilish ishlari va qonunchilik ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati M.Ergasheva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Murodov tomonidan “Marmarobod” MFY hududida yangidan bunyod etilayotgan mini stadion qurilish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida qurilish obyektida olib borilayotgan ishlarning borishi, loyiha hujjatlariga muvofiqligi, qurilish sifati, foydalanilayotgan materiallarning standartlarga mosligi hamda ishlarning belgilangan muddatlarda bajarilishi tanqidiy-tahliliy asosda ko‘rib chiqildi.

 Xususan: 

qurilish ishlarining tasdiqlangan loyiha asosida olib borilishi; 

qurilish materiallarining sifati va xavfsizlik talablariga muvofiqligi; 

ishchi kuchi va texnik vositalar bilan ta’minlanganlik darajasi; 

mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi; 

obyektni o‘z vaqtida va sifatli topshirish masalalari tahlil qilindi. 

Shu bilan birga, mazkur o‘rganishlar “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 2015-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-394-sonli Qonuni talablari asosida amalga oshirildi. Qonun doirasida aholining, ayniqsa yoshlarning jismoniy faolligini oshirish, sport infratuzilmasini rivojlantirish hamda zamonaviy sport inshootlarini barpo etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mini stadionning foydalanishga topshirilishi hudud yoshlari uchun sport bilan muntazam shug‘ullanish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda sportni ommalashtirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, qurilish ishlarini jadallashtirish, sifat nazoratini kuchaytirish hamda belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirishni ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘rganish ishlari hududda sport infratuzilmasini rivojlantirish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish hamda jismoniy tarbiya va sport sohasini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3