Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashida doimiy komissiyalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Oq buloq” mahallasida ichimlik suvi ta’minoti loyihasi nazoratda
янв.21
Deputatlik so‘rovlariga o‘z vaqtida javob berish holatlari atroflicha o‘rganildi
янв.21
Sessiyaga kiritilgan masalalar doimiy komissiya tomonidan dastlabki tarzda o‘rganildi
янв.21
Navbatdagi sessiya masalalari doimiy komissiya ishtirokida atroflicha o‘rganildi
янв.21
Mahallada ochiq muloqot: muammolar va yechimlar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tomonidan e’tirof etildi: 13-sonli maktab jamoasi faxrli 2-o‘rin sohibi
янв.21
9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining haftalik ish rejasi 4-may - 8-may
янв.21
“Toshkent” mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Olis hudud aholisi uchun tibbiy xizmatlar holati deputat nazoratida.

Olis hudud aholisi uchun tibbiy xizmatlar holati 25-Baynalminal saylov okrugi deputati X.Kalbayeva tomonidan atroflicha o‘rganilib, doimiy nazoratga olindi. Mazkur tashrifdan asosiy maqsad — chekka hududlarda yashovchi fuqarolarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, mavjud sharoitlar va tizimdagi muammolarni aniqlashdan iborat bo‘ldi.

O‘rganish jarayonida hududdagi tibbiyot muassasalari faoliyati ko‘zdan kechirilib, ularning moddiy-texnik bazasi, dori-darmon ta’minoti, zamonaviy uskunalar bilan jihozlanganlik darajasi hamda tibbiyot xodimlarining malakasi tahlil qilindi. Shuningdek, tez tibbiy yordam xizmatining ishlash holati, bemorlarni qabul qilish va ularga xizmat ko‘rsatish jarayonlari ham sinchkovlik bilan o‘rganildi.

Deputat tomonidan fuqarolar bilan bevosita muloqot o‘tkazilib, ularning sog‘liqni saqlash tizimiga oid murojaat va takliflari tinglandi. Aholi tomonidan ayrim tor soha mutaxassislarining yetishmasligi, dori vositalari ta’minotida uzilishlar, ayrim jihozlarning eskirganligi kabi muammolar tilga olindi. Shu bilan birga, ayrim hududlarda tibbiy xizmatlar sifati yaxshilanib borayotgani ham qayd etildi.

Tashrif davomida profilaktika ishlarini kuchaytirish, aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, ayniqsa, yoshlar va ayollar salomatligiga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, fuqarolarga tibbiy xizmatlardan foydalanish tartibi, ularning huquq va imkoniyatlari bo’yicha tushuntirish ishlari ham olib borildi.

Yakunda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, tibbiyot muassasalarini zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash, malakali mutaxassislarni jalb etish hamda aholiga sifatli va tezkor tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshilash yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi. Ushbu masalalar ijrosi deputat tomonidan qat’iy nazoratga olinishi alohida ta’kidlandi. 

Slide 1 of 1