Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashida doimiy komissiyalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Oq buloq” mahallasida ichimlik suvi ta’minoti loyihasi nazoratda
янв.21
Deputatlik so‘rovlariga o‘z vaqtida javob berish holatlari atroflicha o‘rganildi
янв.21
Sessiyaga kiritilgan masalalar doimiy komissiya tomonidan dastlabki tarzda o‘rganildi
янв.21
Navbatdagi sessiya masalalari doimiy komissiya ishtirokida atroflicha o‘rganildi
янв.21
Mahallada ochiq muloqot: muammolar va yechimlar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tomonidan e’tirof etildi: 13-sonli maktab jamoasi faxrli 2-o‘rin sohibi
янв.21
9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining haftalik ish rejasi 4-may - 8-may
янв.21
“Toshkent” mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Azizon MFYda jinoyatchilikni oldini olish ishlari tahlil qilindi.

Azizon mahalla fuqarolar yig’ini hududida jinoyatchilikni oldini olish, huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash va ularning sabab hamda omillarini bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar 14-O’zbekiston saylov okrugi deputati F.Cho’liyeva, Azizon MFY raisi hamda profilaktika inspektori  ishtirokida keng muhokama qilinib, atroflicha tahlil qilindi.

Tadbir davomida mahalla profilaktika inspektori tomonidan hududdagi kriminogen vaziyat yuzasidan batafsil hisobot taqdim etildi. Unda o’tgan davr mobaynida sodir etilgan huquqbuzarliklar tahlili, ularning kelib chiqish sabablari, jinoyatchilikka moyil shaxslar bilan olib borilayotgan yakka tartibdagi profilaktik ishlar, shuningdek, nazorat ro’yxatlarida turuvchi fuqarolar bilan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida to’liq ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, yoshlar o’rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sport va madaniy tadbirlarga jalb qilish, xotin-qizlar o’rtasida ijtimoiy muammolarni barvaqt aniqlash va hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ham alohida ta’kidlandi. Mahalladagi oilalar bilan manzilli ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlar holidan xabar olish va ularni qo’llab-quvvatlash orqali jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan choralar haqida ham so’z yuritildi.

Deputat tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalarda profilaktika ishlarini yanada kuchaytirish, aholi bilan doimiy muloqotni yo’lga qo’yish, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar o’rtasida tushuntirish ishlarini tizimli ravishda olib borish muhimligi qayd etildi. Shu bilan birga, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, mahalla faollari va tegishli tashkilotlar o’rtasida hamkorlikni mustahkamlash orqali samaradorlikni oshirish zarurligi ta’kidlandi.

Mahallada profilaktika tadbirlarini yanada kuchaytirish, tungi nazorat ishlarini samarali tashkil etish, aholi orasida huquqiy targ’ibot ishlarini kengaytirish bo’yicha vazifalar belgilab olindi.

Tadbir yakunida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo’lgan ustuvor vazifalar belgilab olinib, hududda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, fuqarolar xavfsizligini mustahkamlash borasidagi ishlar deputat nazoratida davom ettirilishi qayd etildi. 

Slide 1 of 1