Новости

Последние новости

янв.21
Deputatning saylovchilar bilan uchrashuvi
янв.21
Deputat nazorati: Pilla – barqaror daromad va bandlik garovi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Yoshlar bandligini ta’minlashda tomorqa yerlaridan samarali foydalanish holati deputat tomonidan o'rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Do'squlova Dilbar tomonidan deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Nurli Pangat mahallasida ichki yo‘llar holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Avazov Azamat Mingchinor mahallasida fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazdi.
янв.21
Nurli Pangat mahallasida ijtimoiy xizmatlar sifati va kam ta’minlangan oilalarga yordam ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK SO'ROVI
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Nishonov Qurbonboy tomonidan deputatlik so‘rovi yuborildi.
2026-yilning 6-10–aprel kunlari davomida xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi kotibiyati tomonidan haftalik ish rejalari:

 2026-yilning 6-10–aprel kunlari davomida xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi kotibiyati tomonidan haftalik ish rejalari:

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining haftalik ish rejasi doirasida deputatlar tomonidan hududlarda qator o‘rganish ishlari hamda tashkiliy tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.

🗓 6-aprel, dushanba

📍Olmazor tumanidagi "Orzu" MFY hududida joylashgan 243-sonli umumta'lim maktabida "Mening maktabim-Mening farxim" nomli festival tadbiri o'tkaziladi;

👤 Mas’ul: U.Shofotixov

🗓 6-aprel, dushanba

📍Olmazor tumani "Allon" mahalla aholisi bilan okrug deputatini sayyor qabuli o'tkaziladi. (Qabul davomida 24 talik tavsiyanomadan foydalanish)

👤 Mas’ul: D.Raxmatullayev

🗓 7-aprel, Seshanba

📍Olmazor tumanidagi "Gulzor" MFY hududida joylashgan 16-sonli umumta'lim maktabida bitiruvchi yoshlar bilan deputat uchrashuvi;

👤 Mas’ul: B.Xoliqjonova

🗓 8-aprel, Chorshanba

📍Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Barno Xoliqjonovalar tomonidan Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida "Nihol" MFY xotin-qizlar faolining amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi yuzasidan o‘rganish ishlari olib boriladi.

👤 Mas’ul: D.Raxmatullayev

🗓 8-aprel,Chorashanba

📍 28-Chimboy saylov okrugi hududidagi Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti akademik litseyida mahalla yetakchilari bilan yoshlarga oid davlat siyosati doirasida hamda Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida uchrashuv o‘tkaziladi. Uchrashuv davomida yoshlar muammolari o‘rganilib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar belgilanadi.

👤 Mas’ul: B.Xoliqjonova

🗓 7-aprel, Seshanba

📍Olmazor tumani 11-"Umid" saylov okrugi vakant bo'lganligi sababli xalq deputatlari Olmazor tuman Kengash kotbiyati bosh mutaxassisi Shopotixov Umidjon Fayzullayevich mahalladagi BSKlarning foaliyati tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi yuzasidan oirganish ishlari olib boriladi

👤 Mas’ul: U.Shofotixov

🗓 9-aprel, Payshanba

📍Olmazor tumani "Chustiy" va “Chig'atoy Darboza” mahallalari aholisi bilan okrug deputati hamda Olmazor tumani hokim o‘rinbosarlari bilan birgalikda sayyor qabuli oʻtkaziladi. (Qabul davomida 24 talik tavsiyanomadan foydalanish).

👤 Mas’ul: B.Xoliqjonova

🗓 10-aprel, Juma

📍Olmazor tumani "Gulzor" va “Ibrohim ota” mahallalari aholisi bilan okrug deputati hamda Olmazor tumani hokim o‘rinbosarlari bilan birgalikda sayyor qabulini oʻtkaziladi. (Qabul davomida 24 talik tavsiyanomadan foydalanish).

👤 Mas’ul: D.Raxmatullayev

⚡️Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi faoliyatiga oid yangiliklarni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 1