Новости

Последние новости

янв.21
Yoshlar bandligi va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
Nurli Pangat MFYda pillachilik bilan shug‘ullanib kelayotgan xonadonlar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
Sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi.
янв.21
Mahallada amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
Bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputatlar Paxtakor mahallasidagi ichki yo‘llar holatini o‘rgandi
янв.21
Deputat Buyuk Ipak yo‘li mahallasida soliq inspektori faoliyatini o‘rgandi
MAHALLALAR INFRATUZILMASINI YAXSHILASH BO‘YICHA QAROR IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI

MAHALLALAR INFRATUZILMASINI YAXSHILASH BO‘YICHA QAROR IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI

🔹 Farg‘ona tuman Kengashining 2026-yil 23-fevralda qabul qilingan, mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish va aholi turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holati hamda ularning sifat va samaradorligini o‘rganish maqsadida tuman Kengashi deputati Shuxratjon Raximov tomonidan mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.

🔹 So‘rovda mahallalarda amalga oshirilayotgan infratuzilmaviy loyihalar — yo‘llar, suv va elektr ta’minoti, ijtimoiy ob’ektlar hamda boshqa muhim yo‘nalishlardagi ishlar holati tanqidiy-taxliliy tarzda o‘rganilishi, ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi ta’minlanishi masalalari ko‘tarilgan.

🔹 Shu bilan birga, joylardagi real natijalar, mavjud muammo va kamchiliklar, kechikish sabablari hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan aniq choralar yuzasidan to‘liq va asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish talab etilgan.

📌 Masala deputatlik nazoratida bo‘lib, mahallalar infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan ishlar ustidan tizimli va qat’iy monitoring olib borilmoqda.

Slide 1 of 3