Новости

Последние новости

янв.21
Yoshlar bandligi va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
Nurli Pangat MFYda pillachilik bilan shug‘ullanib kelayotgan xonadonlar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
Sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi.
янв.21
Mahallada amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
Bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputatlar Paxtakor mahallasidagi ichki yo‘llar holatini o‘rgandi
янв.21
Deputat Buyuk Ipak yo‘li mahallasida soliq inspektori faoliyatini o‘rgandi
Hamkorlik – muammolar yechimida muhim omil !

Hamkorlik – muammolar yechimida muhim omil !

Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi deputatlari tuman Davlat xizmatlari markazida bo'lib, "Madad” – muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkilotining faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-sentyabrda 741-sonli “Aholiga huquqiy axborotni yetkazish va yuridik yordam ko‘rsatish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan “Madad” – muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti tashkil etilgan.
Xalq deputatlari deputatlari tuman Kengashi kotibiyati hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti o‘rtasida imzolangan o‘zaro hamkorlik memorandumi doirasida amaliy ishlar izchillik bilan davom ettirilmoqda.

Samimiy muloqot tarzida o‘tgan tadbirda har bir murojaatchining muammosi diqqat bilan tinglanib, ularni qonuniy hal etish bo‘yicha zarur ko‘rsatma va huquqiy tavsiyalar berildi.

Asosiy e’tibor aholining huquqiy savodxonligini oshirish va murojaatlarni joyida, tezkorlik bilan ko‘rib chiqish uchun ikki tashkilotning imkoniyatlarini birlashtirishga qaratildi.

Bu kabi hamkorlikdagi qabullar davlat organi va nodavlat sektorning birgalikdagi harakati fuqarolar manfaatlarini himoya qilishda qanchalik samarali ekanini yana bir bor isbotlamoqda.

Zero, tuman Kengashi va “Madad” tashkilotining hamjihatlikdagi faoliyati mahalliy aholining muammolarini bartaraf etish va ijtimoiy adolatni qaror toptirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1