Новости

Последние новости

янв.21
Yoshlar bandligi va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
Nurli Pangat MFYda pillachilik bilan shug‘ullanib kelayotgan xonadonlar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
Sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi.
янв.21
Mahallada amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
Bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputatlar Paxtakor mahallasidagi ichki yo‘llar holatini o‘rgandi
янв.21
Deputat Buyuk Ipak yo‘li mahallasida soliq inspektori faoliyatini o‘rgandi
TA’LIM VA SPORTGA E’TIBOR – AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA

Avval xabar berilganidek, deputat tomonidan sport maydonchalari holati joyiga chiqib ko‘zdan kechirilib, mavjud kamchiliklar yuzasidan tegishli takliflar bildirildi.

 Shuningdek, deputat okrugdagi umumta’lim maktablariga ham tashrif buyurib:

ta’lim jarayoni bilan yaqindan tanishdi;

maktablardagi shart-sharoitlar, sinf xonalari va jihozlar holatini o‘rgandi;

o‘qituvchilar faoliyati bilan bevosita tanishdi.

 Faol va fidoyi mehnat qilayotgan bir guruh o‘qituvchilarga tashakkurnomalar topshirildi hamda ularning mehnati e’tirof etildi.

 Tashrif davomida:

o‘qituvchilar,

mahalla fuqarolari,

yoshlar bilan ochiq muloqotlar tashkil etilib, samimiy suhbatlar o‘tkazildi.

 Uchrashuvlarda ta’lim sifati, yoshlar tarbiyasi, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashildi.

 Bildirilgan taklif va muammolar asosida tegishli choralar ko‘rish hamda ularni hal etish bo‘yicha mas’ullarga vazifalar belgilandi.

 Mazkur tashriflar hududdagi ta’lim va sport sohasini yanada rivojlantirish, o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda aholi bilan samarali muloqotni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 1