Новости

Последние новости

янв.21
Yoshlar bandligi va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
Nurli Pangat MFYda pillachilik bilan shug‘ullanib kelayotgan xonadonlar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
Sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi.
янв.21
Mahallada amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
Bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputatlar Paxtakor mahallasidagi ichki yo‘llar holatini o‘rgandi
янв.21
Deputat Buyuk Ipak yo‘li mahallasida soliq inspektori faoliyatini o‘rgandi
Chinoz tumani. Sessiyaga kiritilgan masalalar doimiy komissiyada ko'rib chiqildi

Bugun, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlis kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan Chinoz tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limining o'rinbosari S.Babasaidovning hisoboti, Tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori Sh.Ruzi-Qoriyevning hisoboti, tuman Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi bosh mutaxassisi I.Bektoshevning hisoboti, doimiy komissiya raislari hamda tegishli bo‘lim va tashkilotlar rahbarlarining axborot va hisobotlari eshitildi.

Majlis kun tartibidagi masalalar muhokamasida deputatlar O.Dadajonov, A.Baxramov, E.Saidovlar so‘zga chiqib, o‘zlarining savol, taklif va fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

Majlis yakunida kun tartibidagi masalalar bo‘yicha bildirilgan takliflar va fikr-mulohazalarni inobatga olib, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi yigirma yettinchi sessiyasi kun tartibiga kiritish to‘g‘risida xulosa qilindi hamda tegishli qarorlar qabul qilindi.

Elyorjon Saidov

Doimiy komissiya a’zosi

Slide 1 of 3