Новости

Последние новости

янв.21
Yoshlar bandligi va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
Nurli Pangat MFYda pillachilik bilan shug‘ullanib kelayotgan xonadonlar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
Sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi.
янв.21
Mahallada amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
Bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputatlar Paxtakor mahallasidagi ichki yo‘llar holatini o‘rgandi
янв.21
Deputat Buyuk Ipak yo‘li mahallasida soliq inspektori faoliyatini o‘rgandi
DEPUTAT SO‘ROVI YO‘LLANDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Mavlonov A'zam Qarshiyevich tomonidan tegishli mutasaddi tashkilotga rasmiy deputat so‘rovi yo‘llandi. 

Deputatlik okrugidagi “Katta Xirmontepa” mahallasi fuqarolari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar va deputat qabullari jarayonida hududdagi dolzarb muammolar chuqur o‘rganildi. O'rganishlar natijasida 20-mavze hududida joylashgan 18, 8/1, 8/2, 8/3, 1 va 15-sonli ko‘p qavatli uylar atrofidagi ichki yo‘llar va trotuarlarning holati qoniqarsiz ekanligi, ularning ta’mirtalab holatga kelib qolganligi qayd etildi. 

️Mazkur holatdan kelib chiqib, ichki yo‘llarni ta’mirlash va asfalt qoplamasini tiklash bo‘yicha choralar ko‘rish maqsadida, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5 va 8-moddalariga muvofiq, mas’ul shaxslardan asoslantirilgan tushuntirish yoki o‘z munosabatini bildirish so'raldi.

Slide 1 of 1