Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining ushbu haftadagi ish faoliyati sharhi
янв.21
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Hududdagi investitsiyalar holati atroflicha o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi huzuridagi yoshlar maslahat guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholi murojaatlari yuzasidan tahlil olib borildi
янв.21
Tibbiyot muassasasida qonun ijrosi atroflicha o‘rganildi
янв.21
Samarqand mahallasidagi ko‘p qavatli uylardagi muammolar o‘rganildi
янв.21
Mo‘jiza istirohat bog‘ining bugungi holati deputatlar tomonidan o'rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining deputati Avazov Azamat tashabbusi bilan hududdagi fermer xo‘jaliklariga qarashli lotoklarni yovvoyi o‘tlar va turli chiqindilardan tozalash bo‘yicha keng ko‘lamli hashar tashkil etildi.
янв.21
Deputat Dilbar Do'squlova Nurli Pangat mahallasida fuqarolar bilan uchrashdi
DAVLAT TILI TO'G'RISIDA"GI QONUN IJROSI AMALDA

Davlat tilining nufuzi va qo‘llanish doirasini kengaytirish, rasmiy ish yuritishda qonunchilik talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar izchil davom etmoqda. 

Jumladan, Xalq deputatlari Zomin tumani Kengashi raisi D. BEGMATOVA, Kengash deputati Y. SAFAROV, tuman hokimining Ma'naviyat va davlat tili masalalari bo'yicha maslahatchisi X. SIDIKOVlar tomonidan Zomin tumani Soliq inspeksiyasida navbatdagi o‘rganish ishlari amalga oshirildi. 

Monitoring jarayonida inspeksiya faoliyatida qo‘llanayotgan barcha rasmiy ish hujjatlari, buyruqlar, xizmat yozishmalari, shuningdek, tashkilot hududidagi bannerlar, ko‘rgazmali axborot vositalarida davlat tilining imlo normalari va uslubiy me’yorlarga to‘liq rioya etilganligi sinchiklab ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida ayrim texnik va imloviy kamchiliklar aniqlanib, ular bo‘yicha mutasaddilarga aniq ko‘rsatma va tavsiyalar berildi hamda ularni belgilangan muddatlarda bartaraf etish vazifasi yuklatildi. 

Slide 1 of 8