Новости

Последние новости

янв.21
Yoshlar bandligi va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
Nurli Pangat MFYda pillachilik bilan shug‘ullanib kelayotgan xonadonlar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
Sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi.
янв.21
Mahallada amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
Bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputatlar Paxtakor mahallasidagi ichki yo‘llar holatini o‘rgandi
янв.21
Deputat Buyuk Ipak yo‘li mahallasida soliq inspektori faoliyatini o‘rgandi
Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimi yangilanmoqda

Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimi yangilanmoqda

Aholini davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq, aholiga davlat tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordamlar tizimi tubdan takomillashtiriladi.

“Ijtimoiy karta” joriy etiladi

Endilikda barcha ijtimoiy to‘lovlar, subsidiyalar va xizmatlar yagona “Ijtimoiy karta” orqali taqdim etiladi.

Ortiqcha hujjatlar bekor qilinadi

Fuqarolar ijtimoiy yordam olish uchun hujjat to‘plashi shart bo‘lmaydi — tizim avtomatik ishlaydi.

Yordamlar manzilli va tez yetkaziladi

Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masofadan turib, qisqa muddatda va proaktiv tarzda amalga oshiriladi.

2026-yildan yangi imkoniyatlar

Nogironlik, talabalik kabi maqomlar elektron shaklga o‘tadi

Qog‘oz guvohnomalar bekor qilinadi

Ijtimoiy reestrdagi oilalarga QQS (keshbek) qaytariladi

Imtiyozlar ham karta orqali

Transport, ijtimoiy obyektlar va boshqa xizmatlardan foydalanishdagi imtiyozlar ham “ijtimoiy karta”ga o‘tkaziladi.

Pensiyalar ham karta orqali beriladi

2026-yildan boshlab fuqarolar o‘z xohishiga ko‘ra pensiyani ijtimoiy karta orqali olishlari mumkin.