Новости

Последние новости

янв.21
Yoshlar bandligi va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
Nurli Pangat MFYda pillachilik bilan shug‘ullanib kelayotgan xonadonlar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
Sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi.
янв.21
Mahallada amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
Bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputatlar Paxtakor mahallasidagi ichki yo‘llar holatini o‘rgandi
янв.21
Deputat Buyuk Ipak yo‘li mahallasida soliq inspektori faoliyatini o‘rgandi
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-sonli qaroriga asosan Termiz tumanidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2025-yil uchun dastlabki manzilli ro‘yxat tasdiqlangan.

Mazkur ro‘yxatga muvofiq, Termiz tumani “Uchqizil” MFY hududidagi Avtobaza yo‘lining 1200 metr qismi hamda Bog‘zor ko‘chasining 3600 metr qismi, jami 4800 metr ichki yo‘lni asfaltlash ishlari belgilangan.

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 5-Uchqizil saylov okrugidan saylangan deputat Sh.Norsayev, kotibiyat mudiri A.Avliyakulov va bosh mutaxassis K.Abdullayeva bilan birgalikda, tegishli mutaxassislar hamda tuman Obodonlashtirish boshqarmasi mas’ullari ishtirokida mazkur yo‘llarda amalga oshirilgan asfaltlash ishlari joyiga chiqib o‘rganildi. 

O‘rganish jarayonida bajarilgan ishlarning sifati, belgilangan reja va talablar asosida amalga oshirilgani yuzasidan tahlil qilindi.

Mutasaddilar tomonidan yo‘l qurilish ishlari belgilangan reja asosida bajarilgani qayd etilib, uning sifati yuzasidan ham tegishli xulosalar berildi.

Slide 1 of 5