Новости

Последние новости

янв.21
Yoshlar bandligi va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
Nurli Pangat MFYda pillachilik bilan shug‘ullanib kelayotgan xonadonlar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
Sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi.
янв.21
Mahallada amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
Bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputatlar Paxtakor mahallasidagi ichki yo‘llar holatini o‘rgandi
янв.21
Deputat Buyuk Ipak yo‘li mahallasida soliq inspektori faoliyatini o‘rgandi
Deputat tomonidan yoshlar bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi

Deputat tomonidan yoshlar bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi 22-Oqsaroy saylov okrugi deputati Ziyarxodjayev Batir Nasrullayevich tomonidan Yunus Rajabiy nomli mahallada yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan hujjatlar ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.

🔍 Jumladan, quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi tahlil qilindi:

— O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligini oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025-yil 10-sentabrdagi PF-163-son Farmoni;

— O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-son Qarori;

— O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 4-dekabrdagi PQ-421-son Qarori.

👥 O‘rganish davomida mahalla yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, yoshlar bilan ishlash tizimining amaldagi holati hamda uning samaradorligi atroflicha ko‘rib chiqildi.

📊 Shuningdek:

✔️ yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish va doimiy ish o‘rinlari bilan ta’minlash;

✔️ ularni sport va ijtimoiy faoliyatga keng jalb etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish;

✔️ iqtidorli yoshlarni aniqlash, qo‘llab-quvvatlash va ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish;

✔️ yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish;

✔️ mahallada yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, mavjud muammolarni bartaraf etish va samaradorlikni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌 O‘rganish yakunlari bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, ijro intizomini yanada kuchaytirish yuzasidan zarur choralar belgilandi.

🤝 Mazkur o‘rganishda Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Adashboyev Aziz Ag‘zam o‘g‘li ham ishtirok etdi.

Slide 1 of 1