Новости

Последние новости

янв.21
Yoshlar bandligi va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
Nurli Pangat MFYda pillachilik bilan shug‘ullanib kelayotgan xonadonlar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
Sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi.
янв.21
Mahallada amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
Bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputatlar Paxtakor mahallasidagi ichki yo‘llar holatini o‘rgandi
янв.21
Deputat Buyuk Ipak yo‘li mahallasida soliq inspektori faoliyatini o‘rgandi
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati Y.Safarov tomonidan Zomin tumani “Jizzax suv taʼminoti” AJ Zomin tuman filialiga deputatlik so‘rovi chiqarildi.

So'rovda, Bog‘ishamol mahallasida o'tkazilgan sayyor qabulda mazkur mahallaning Bog‘i-eram ko‘chasida yashovchi fuqarolar tomonidan ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammolar ko‘tarilgan.

Ta’kidlanishicha, mahalla hududi umumiy hisobda ichimlik suvi tarmog‘iga ulangan bo‘lsa-da, Bog‘i-eram ko‘chasidagi xonadonlar hali ham markazlashgan ichimlik suvi bilan to‘liq ta’minlanmagan. Natijada ushbu hududlarda yashovchi aholi suv ta’minotida qiyinchiliklarga duch kelmoqda.

Yuqoridagilarni inobatga olib, mazkur muammoni bartaraf etish, mavjud suv tarmoqlarini kengaytirish hamda ichimlik suvi yetib bormagan ko‘chalarga qo‘shimcha quvurlar tortish orqali murojaatni ijobiy hal qilish choralarini ko'rish so‘ralgan.