Новости

Последние новости

янв.21
Yoshlar bandligi va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
Nurli Pangat MFYda pillachilik bilan shug‘ullanib kelayotgan xonadonlar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
Sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi.
янв.21
Mahallada amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
Bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputatlar Paxtakor mahallasidagi ichki yo‘llar holatini o‘rgandi
янв.21
Deputat Buyuk Ipak yo‘li mahallasida soliq inspektori faoliyatini o‘rgandi
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputatlarining tuman hokimligi mas’ul rahbarlari bilan birgalikda saylangan okrugida o‘tkaziladigan uchrashuvlari davom etmoqda

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputatlarining tuman hokimligi mas’ul rahbarlari bilan birgalikda saylangan okrugida o‘tkaziladigan uchrashuvlari davom etmoqda

Chilonzor tumani hokimi hamda hokim o‘rinbosarlari tomonidan mahallalarda muntazam ravishda sayyor qabullar tashkil etilmoqda. Ana shunday navbatdagi sayyor qabul “Yakkabog‘” mahallasida o‘tkazildi.

Sayyor qabulda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Mirzohid Abduqadirov fuqarolar bilan uchrashib, ularning murojaatlarini tingladi. Jarayonda xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Mirzaulukov Zafar Zohid o'g'li ham ishtirok etdi.

Qabul davomida mahalla fuqarolari tomonidan turli masalalar yuzasidan bildirilgan murojaatlar sinchiklab o‘rganildi. Har bir murojaat yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, muammolarni bartaraf etish choralarini ko‘rish belgilab olindi. Shuningdek, ayrim murojaatchilarga huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berildi.

️Bunday sayyor qabullar aholining muammolarini joyida hal etish, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 3