#poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati
❗️UCHTEPA TUMANIDAGI 197-SONLI MAKTABDA ILK RIVOJLANISH MARKAZI OCHILDI
🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Muxtor Ilhomov faoliyat olib borayotgan Uchtepa tumanining “Xo‘jobod” mahallasidagi 197-sonli umumta’lim maktabi hududida bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan Ilk rivojlanish markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
📋 Mazkur markaz O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi “Ilk rivojlanish markazlari faoliyatini bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 439-son qarori ijrosi doirasida tashkil etildi.
📁 Ochilish marosimida Uchtepa tumani hokimi Bunyod Mamadjanov, tuman prokurori, tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i, mahalla raislari va faollari, shuningdek, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbari hamda xodimlari ishtirok etdi.
🎓 Ilk rivojlanish markazida 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan jami 120 nafar bolani qamrab olish rejalashtirilgan. Bolalar uchun maktab ta’limiga tayyorgarlik ko‘rish imkonini beruvchi bepul rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.
📚 Mashg‘ulotlar davomida bolalarning intellektual salohiyatini oshirish, nutqini rivojlantirish, mantiqiy fikrlash va ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish, shuningdek, tengdoshlari bilan muloqot qilish hamda jamoada faol ishtirok etish ko‘nikmalarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratiladi.
📉 Xususan, bolalarning yosh xususiyatlariga mos ta’limiy faoliyat orqali ularni maktab muhitiga bosqichma-bosqich moslashtirish, yangi bilimlarni o‘zlashtirishga tayyorlash va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish markaz faoliyatining asosiy maqsadlaridan biridir.
♻️ Mazkur markazning tashkil etilishi “Xo‘jobod” mahallasi va unga yaqin hududlarda istiqomat qiluvchi oilalar uchun farzandlarini maktabga tayyorlash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyat yaratadi. Ayniqsa, bepul mashg‘ulotlarning yo‘lga qo‘yilishi bolalarning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
🏫 Ilk rivojlanish markazining umumta’lim maktabi hududida faoliyat yuritishi maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim o‘rtasidagi uzviylikni mustahkamlash, bolalarning birinchi sinfga tayyorgarligini yaxshilash hamda ta’limning dastlabki bosqichlarida zarur bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi.
🤝 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Muxtor Ilhomov faoliyatining muhim yo‘nalishlari bilan mazmunan bog‘liq bo‘lgan mazkur tashabbus hududlarda bolalar uchun ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, yosh avlodning har tomonlama kamol topishiga ko‘maklashish hamda mahallalarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish vazifalariga hamohangdir.
🗣 Shu bilan birga, ushbu yo‘nalish mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta ustuvor yo‘nalishi, xususan, mahallalarda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ta’lim muassasalarida yaratilgan sharoitlarga e’tibor qaratish, bolalarning intellektual va jismoniy rivojlanishi uchun qulay muhitni shakllantirish kabi vazifalar bilan uzviy bog‘liq.
📝 Bolalarning maktabgacha yosh davrida sifatli ta’lim-tarbiya olishi ularning kelgusida bilimlarni puxta o‘zlashtirishi, ijtimoiy faolligi va shaxs sifatida shakllanishi uchun muhim poydevor hisoblanadi.
🔎 Uchtepa tumanidagi 197-sonli umumta’lim maktabi hududida Ilk rivojlanish markazining ochilishi 120 nafar bolani bepul rivojlantiruvchi mashg‘ulotlarga jalb etish, ularni maktab ta’limiga tayyorlash hamda hududda ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish yo‘lidagi muhim tashabbuslardan biridir.
💡 Yosh avlodga yaratilayotgan ta’lim imkoniyatlari — kelajak taraqqiyoti va barkamol avlod tarbiyasiga qaratilgan muhim sarmoyadir.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash