Новости

Последние новости

янв.21
Boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
65-DMTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
2027-YIL UCHUN IJTIMOIY EHTIYOJMAND AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATINING HUQUQIY ASOSI: QONUNLARNI O‘RGANISH VA IJROSINI TA’MINLASH
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI TAHLIL QILINDI
янв.21
OLMAZOR TUMANIDA 2026–2027-YILLAR KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI
янв.21
OBODONLASHTIRISH SOHASIDA DEPUTATLIK NAZORATI: MUAMMOLAR ANIQLANIB, MAS’ULLARGA ANIQ VAZIFALAR BELGILANDI
янв.21
24 USTUVOR YO‘NALISH: SPORT ZAL VA FUTBOL MAYDONI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha hamda Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalar qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
QOROVUL MAHALLASIDA IJTIMOIY HIMOYA MASALALARI O"RGANILDI

QOROVUL MAHALLASIDA IJTIMOIY HIMOYA MASALALARI O"RGANILDI

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati Odamboy Karimov Qorovul mahallasida bo‘lib, mahalla ijtimoiy xodimi Ismoilova Yulduzning faoliyati bilan tanishdi hamda uning amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti tinglandi.
O‘rganish davomida mahallada kambag‘allik darajasini qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, yil boshidan buyon mahallada kambag‘allik darajasi 7 foizdan 2,4 foizgacha pasaytirilgan.
Shuningdek, Qorovul mahallasida jami 170 nafar nogironligi bo‘lgan fuqaro istiqomat qilishi, ulardan 18 nafari I guruh, 135 nafari II guruh va 17 nafari III guruhga mansubligi qayd etildi.
Mazkur fuqarolarning ijtimoiy holatini o‘rganish, ularning ehtiyojlarini aniqlash hamda mavjud muammolarini hal etish maqsadida har biri bilan individual tartibda ish olib borilmoqda.
Deputat o‘rganish jarayonida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlarning manzilli amalga oshirilishi va ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirish masalalariga e’tibor qaratdi.

Slide 1 of 1