8 TA MAKTABNING ISSIQLIK TIZIMINI TA’MIRLASH UCHUN 1 MILLIARD SO‘MDAN ORTIQ MABLAG‘ AJRATISH REJALASHTIRILDI
🏫 Pastdarg‘om tumani | 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumi
Pastdarg‘om tumanida ta’lim muassasalarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash, isitish tizimlarining barqaror ishlashini ta’minlash hamda o‘quvchilar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida mahalliy budjet mablag‘larini yo‘naltirish nazarda tutilgan.
💸 Ajratilishi rejalashtirilgan mablag‘ — 1 mlrd 17 mln 955 ming so‘m.
⚙️ Mablag‘lar quyidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining issiqlik tizimlarini ta’mirlashga yo‘naltiriladi:
1️⃣ 37-maktab
2️⃣ 73-maktab
3️⃣ 75-maktab
4️⃣ 81-maktab
5️⃣ 86-maktab
6️⃣ 97-maktab
7️⃣ 113-maktab
8️⃣ 126-maktab
📄 Asos: Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i N. Saparovaning 2026-yil 11-sentabrdagi 02-10/2965-sonli xati hamda Iqtisodiyot va moliya bo‘limining xulosasi.
✅ Asosiy maqsad — ta’lim muassasalarining isitish tizimlarini soz holatga keltirish, qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish va o‘quvchilar uchun munosib ta’lim sharoitlarini yaratish.
🌐 Mablag‘larning maqsadli sarflanishi, ta’mirlash ishlarining sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikning muhim shartidir. 🇺🇿Rasmiy sahifalarimiz! ✔️