Новости

Последние новости

янв.21
Boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
65-DMTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
2027-YIL UCHUN IJTIMOIY EHTIYOJMAND AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATINING HUQUQIY ASOSI: QONUNLARNI O‘RGANISH VA IJROSINI TA’MINLASH
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI TAHLIL QILINDI
янв.21
OLMAZOR TUMANIDA 2026–2027-YILLAR KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI
янв.21
OBODONLASHTIRISH SOHASIDA DEPUTATLIK NAZORATI: MUAMMOLAR ANIQLANIB, MAS’ULLARGA ANIQ VAZIFALAR BELGILANDI
янв.21
24 USTUVOR YO‘NALISH: SPORT ZAL VA FUTBOL MAYDONI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha hamda Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalar qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
#Deputat_soʻrovi #Oltinsoy_tumani #Jamoat_xavfsizligi #Xavfsiz_shaharcha #Jinoyatchilikka_qarshi_kurash #Aholi_murojaati

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi deputati A’zamat Karamatovich Mamatmuratov tomonidan Oltinsoy tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Sh.A. Narmuratovga rasmiy deputat so‘rovi yuborildi.

📹 Masalaning моhiyati: Deputatlar tomonidan saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar hamda aholi murojaatlarini o‘rganish davomida Oltinsoy tumanidagi “Jiyanbobo” (15 dona), “Guliston” (10 dona) va “Qoratepa” (15 dona) mahallalarida jamoat xavfsizligini ta’minlash maqsadida jami 40 dona kuzatuv kameralari o‘rnatilganligi, biroq hozirgi kunga qadar ushbu kameralarning birortasi ham tegishli axborot tizimiga integratsiya qilinmagani aniqlangan.

Kuzatuv kameralarining yagona tizimga ulagani mavjud texnik imkoniyatlardan to‘liq foydalanish, shubhali holatlarni o‘z vaqtida aniqlash hamda huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olish imkoniyatini cheklamoqda.

🛡 So‘rovda quyidagi amaliy choralar ko‘rilishi so‘raldi:

“Jiyanbobo”, “Guliston” va “Qoratepa” mahallalarida o‘rnatilgan jami 40 dona kuzatuv kamerasining texnik holati hamda ishlash imkoniyatlarini o‘rganish;

Ushbu kuzatuv kameralarini belgilangan texnik talablar va amaldagi tartiblar asosida “Xavfsiz shaharcha” dasturiga integratsiya qilish choralarini ko‘rish;

Integratsiya jarayonida zarur texnik shart-sharoitlar, aloqa kanallari va boshqa infratuzilma masalalarini mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish;

Kameralarni yagona tizimga ulash uchun qo‘shimcha texnik hamda tashkiliy choralarni belgilash va ularning amalga oshirilishini ta’minlash;

Masala ijrosi bo‘yicha mas’ul xodimlarni belgilab, o‘rganish va amaliy ishlar natijalari yuzasidan qonunchilikda belgilangan muddatda yozma ma’lumot taqdim etish.

Ushbu masalaning ijobiy hal etilishi mahallalarda jamoat xavfsizligini mustahkamlashga hamda aholining tinch va osoyishta hayot kechirishini ta’minlashga xizmat qiladi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 4