#Deputat_mahallada
Deputat va mahalla hamkorligi — aholi murojaatlarini o‘rganish hamda mavjud masalalarga yechim topish yo‘lida muhim qadam!
Bolajonlar ta’limi va kelajagi — deputat e’tiborida
🔰Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining 8-saylov okrugi deputati Nilufar Muxitdinova Sortepa MFY fuqarolaridan kelib tushgan murojaat asosida mahalla faollari bilan birgalikda hududdagi maktabda tashkil etilgan maktabga tayyorlov guruhlari faoliyatini o‘rgandi.
🔰O‘rganish davomida maktabgacha yoshdagi bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi hamda guruhlarning faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
🔰 Bolajonlarning sifatli ta’lim olishi, ularning maktabga puxta tayyorgarlik ko‘rishi va har tomonlama rivojlanishi uchun munosib sharoitlar yaratish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.