Новости

Последние новости

янв.21
SAYLOVCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOT: DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN AXBOROT BERILDI
янв.21
SAVOL VA JAVOB: FAVQULODDA VAZIYATLAR BO‘YICHA HAMKORLIK VA MUROJAATLAR TAHLILI
янв.21
FAVQULODDA VAZIYATLARNING OLDINI OLISH VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Islom ota MFYdagi Workout sport maydonchasi holati o‘rganildi
янв.21
OCHIQ MULOQOT — SAMARALI HAMKORLIK
янв.21
“G‘ALABA” MAHALLASIDA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH VA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH CHORALARI KUCHAYTIRILMOQDA
янв.21
SAYLOVCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOT: DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN AXBOROT BERILDI
янв.21
Mahallalarda infratuzilma yaxshilanmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Turdiqul Bobomuratov 2026-yil III chorak davomidagi faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berdi
янв.21
SAYLOVCHILARGA HISOBOT: DEPUTATLIK FAOLIYATI SARHISOB QILINDI
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 15-"Yangi Chorsu" saylov okrugidan saylangan deputati M.Yunusov tomonidan “Yangi Chorsu” mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 26-apreldagi O‘RQ-327-sonli “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi hamda 2012-yil 2-maydagi O‘RQ-328-sonli “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlari ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla hokim yordamchisi O.Turopov tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarni daromadli mehnatga jalb etish hamda o‘z biznesini boshlash istagidagi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Ma’lum qilinishicha, o‘tgan davr mobaynida mahallada 5 ta yuridik shaxsga tegishli mikroloyiha ishga tushirilgan. Yil yakuniga qadar ushbu loyihalar sonini 8 taga yetkazish rejalashtirilgan. Shu bilan birga, fuqarolarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 12 ta jismoniy shaxs mikroloyihasini ishga tushirish bo‘yicha tegishli ishlar olib borilmoqda.

Fuqarolarni daromadli mehnatga jalb etish va kichik biznes tashabbuslarini amalga oshirishga ko‘maklashish doirasida sentabr oyida 2 nafar fuqaroga kredit rasmiylashtirilib, tikuvchilik faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur tashabbus fuqarolarning o‘zini o‘zi band qilishiga, oilaviy daromad manbalarini shakllantirishiga hamda tikuvchilik yo‘nalishida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishiga imkon yaratadi.

Shuningdek, mahallada yangi mikroloyihalarni ishga tushirish, tadbirkorlik qilish istagidagi fuqarolarga amaliy ko‘mak berish, kredit mablag‘laridan samarali foydalanish va yangi ish o‘rinlarini yaratish masalalariga e’tibor qaratildi. Bu borada aholining mavjud imkoniyatlari va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda zarur ko‘mak ko‘rsatish muhimligi ta’kidlandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2