Новости

Последние новости

янв.21
Boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
65-DMTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
2027-YIL UCHUN IJTIMOIY EHTIYOJMAND AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATINING HUQUQIY ASOSI: QONUNLARNI O‘RGANISH VA IJROSINI TA’MINLASH
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI TAHLIL QILINDI
янв.21
OLMAZOR TUMANIDA 2026–2027-YILLAR KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI
янв.21
OBODONLASHTIRISH SOHASIDA DEPUTATLIK NAZORATI: MUAMMOLAR ANIQLANIB, MAS’ULLARGA ANIQ VAZIFALAR BELGILANDI
янв.21
24 USTUVOR YO‘NALISH: SPORT ZAL VA FUTBOL MAYDONI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha hamda Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalar qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
“Farxod” mahallasida PF-116-sonli Farmon ijrosi va aholi muammolari muhokama qilindi

“Mahalla yettiligi”ning hamjihatlikdagi faoliyati, aholi murojaatlariga manzilli yechim topish va hududdagi muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Termiz shahrida mahalla boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish, “mahalla yettiligi” faoliyatini muvofiqlashtirish va fuqarolarni qiynayotgan masalalarni joyida o‘rganish yuzasidan deputatlik nazorati tadbirlari davom etmoqda.

Shu doirada xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, 9-“Abdulla Avloniy” saylov okrugi deputati D.Normuradova hamda kotibiyat bosh mutaxasissi R.Mamashukurovlar “Farxod” mahallasida bo‘lib, mahalla raisi bilan PF-116-sonli Farmon ijrosi va aholi muammolari muhokama qilindi.
Uchrashuvda Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PF-116-sonli Farmonida belgilangan vazifalarning mahalla miqyosidagi ijrosi muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:

“Mahalla yettiligi” hamkorligi. Mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori va ijtimoiy xodimning o‘zaro hamkorligini kuchaytirish, xonadonbay ishlash orqali aholi ehtiyojlarini aniqlash va mavjud muammolarga yechim topish.

Aholi murojaatlari va ijtimoiy masalalar. Kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash, ehtiyojmand xonadonlar bilan manzilli ishlash hamda hududiy infratuzilmadagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash.

Deputatlik nazorati va muammolar yechimi. Mahallalarda yo‘l, elektr ta’minoti, ichimlik suvi va obodonlashtirish bilan bog‘liq masalalarni o‘rganish, vakolatli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborish orqali ularning qonuniy hal etilishiga ko‘maklashish masalalari ko‘rib chiqildi. Jumladan, “Farxod” mahallasida aniqlangan muammolarni hal etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ham muhokama qilindi.

Muhokama yakunida mahalladagi mavjud masalalarni tizimli ravishda o‘rganish, mas’ullar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish va belgilangan vazifalar ijrosini nazorat qilish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Deputatlik nazoratining bosh maqsadi — Farmon ijrosini joylarda ta’minlash, mahalla boshqaruvida mas’uliyatni oshirish va aholi muammolarini amaliy natijalar orqali hal etishga ko‘maklashishdir.