Новости

Последние новости

янв.21
Umid MFYdagi Workout sport maydonchasi holati o‘rganildi
янв.21
"YUQORI BESHQO‘RG‘ON" MAHALLASI IJTIMOIY XODIMINING 9 OYLIK HISOBOTI ESHITILDI
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA TADBIRKORLIK VA KASB-HUNARGA O‘RGATISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
XOTIN-QIZLAR FAOLINING 9 OYLIK HISOBOTI: MUAMMOLAR, BANDLIK VA IJTIMOIY HIMOYA
янв.21
ONA TILI — MILLIY O‘ZLIK VA MA’NAVIY MEROS TIMSOLI
янв.21
YUQORI BESHQO‘RG‘ON MAHALLASI RAISINING 9 OYLIK HISOBOTI ESHITILDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUNLAR
янв.21
2026–2027-KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: MAKTAB FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Bo‘stonobod mahallasida 9 oylik faoliyat hisoboti eshitildi
янв.21
130-sonli DMTTning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
TUMAN MARKAZIDAGI PARK VA XIYOBONLAR HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashi deputati X. Berdiyev tuman ekologik partiyasi guruhi bilan hamkorlikda tuman markazida joylashgan park va xiyobonlarning holati, shuningdek, «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

O‘rganish davomida park va xiyobonlarning saqlanish holati, yashil hududlarni parvarishlash, daraxt va ko‘chatlarni asrash, hududlarning ekologik holatini yaxshilash hamda aholi uchun qulay dam olish muhitini yaratish borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida olib borilayotgan ko‘kalamzorlashtirish ishlari, yashil maydonlarni kengaytirish va mavjud daraxtlarni muhofaza qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida hududlarni obodonlashtirish, yashil maydonlarni asrab-avaylash va ekologik barqarorlikni ta’minlash borasidagi ishlarni izchil davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

Mazkur o‘rganishlar tuman hududida ekologik muhitni yaxshilash, yashil hududlarni muhofaza qilish hamda «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan.

Slide 1 of 4