4-BAND IJROSI: Xotin-qizlarning murojaatlari yuzasidan amaliy masalalar muhokama qilindi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati M. Altibayeva tomonidan fuqarolarning murojaatlari, xususan, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularga kredit ajratish masalalari yuzasidan tegishli o‘rganish ishlari olib borildi.
🤝 O‘rganish jarayonida bank agenti bilan suhbat o‘tkazilib, xotin-qizlarning kredit olish imkoniyatlari, mavjud murojaatlari hamda ularni hal etish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
🔎 Shuningdek, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni amaldagi tartiblar asosida ko‘rib chiqish, kredit olish istagidagi xotin-qizlarga zarur tushuntirish va amaliy ko‘mak ko‘rsatish yuzasidan fikr almashildi.
📌 Aniqlangan masalalar bo‘yicha tegishli tavsiyalar berilib, fuqarolar murojaatlarining ijobiy hal etilishini ta’minlash yuzasidan hamkorlikda ish olib borish belgilandi.