#Paxtakor_tumani_kengashi
#mahalla_yettiligi
#24_ta_muhim_masala
MAHALLA YETTILIGI VA FUQAROLAR BILAN UCHRASHUV
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi kotibiyati mudiri K.Mamanova Suvonobod mahallasi 10-Yangiqu‘rg‘on saylov okrugida mahalla yettiligi, fuqarolar hamda yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Uchrashuvlar davomida aholi murojaatlari va hududdagi mavjud muammolar, fuqarolar bandligini ta’minlash, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlarni qiynayotgan masalalar muhokama qilindi.
Bildirilgan murojaatlarni o‘rganish, mavjud muammolarni hal etish va ularning yechimi bo‘yicha mas’ullar bilan tegishli vazifalar belgilashga e’tibor qaratildi.
Aholi bilan muloqot qilish, ularning muammolarini o‘rganish va amaliy yechim topishga ko‘maklashish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishidir.