Новости

Последние новости

янв.21
“XASTIMOM” MAHALLASIDA AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI
янв.21
SAYLOVCHILARGA HISOBOT: III CHORAK YAKUNLARI SARHISOB QILINDI
янв.21
Umid MFYdagi Workout sport maydonchasi holati o‘rganildi
янв.21
"YUQORI BESHQO‘RG‘ON" MAHALLASI IJTIMOIY XODIMINING 9 OYLIK HISOBOTI ESHITILDI
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA TADBIRKORLIK VA KASB-HUNARGA O‘RGATISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
XOTIN-QIZLAR FAOLINING 9 OYLIK HISOBOTI: MUAMMOLAR, BANDLIK VA IJTIMOIY HIMOYA
янв.21
ONA TILI — MILLIY O‘ZLIK VA MA’NAVIY MEROS TIMSOLI
янв.21
YUQORI BESHQO‘RG‘ON MAHALLASI RAISINING 9 OYLIK HISOBOTI ESHITILDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUNLAR
янв.21
2026–2027-KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: MAKTAB FAOLIYATI O‘RGANILDI
“Yalang‘och ota” mahallasida xotin-qizlarni himoya qilish borasidagi ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 22-“Charxini ko‘prigi” saylov okrugidan saylangan deputat G.Rasulova tomonidan “Yalang‘och ota” mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar faoli G.Payg‘amovaning O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi O‘RQ-561-son “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan olib borayotgan faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda oilalardagi nizolarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Xotin-qizlar faoli G.Payg‘amova tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra:

1 896 nafar xotin-qiz tegishli platformaga kiritilgan;

4 nafar xotin-qizga profilaktika inspektori tomonidan himoya orderi berilgan;

30 nafar xotin-qiz doimiy ish bilan ta’minlangan;

2 nafar xotin-qizning ijara to‘lovlari qoplab berilgan;

1 nafar xotin-qizning uy-joyini ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan;

️1 nafar xotin-qizga huquqiy yordam ko‘rsatilgan;

85 nafar xotin-qizga tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatilgan;

Ajrim yoqasiga kelib qolgan 6 ta oiladan 4 tasi yarashtirilgan.

O‘rganish jarayonida xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining barvaqt oldini olish, ehtiyojmand ayollarni qo‘llab-quvvatlash hamda oilalarda sog‘lom muhitni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 7