Новости

Последние новости

янв.21
Umid MFYdagi Workout sport maydonchasi holati o‘rganildi
янв.21
"YUQORI BESHQO‘RG‘ON" MAHALLASI IJTIMOIY XODIMINING 9 OYLIK HISOBOTI ESHITILDI
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA TADBIRKORLIK VA KASB-HUNARGA O‘RGATISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
XOTIN-QIZLAR FAOLINING 9 OYLIK HISOBOTI: MUAMMOLAR, BANDLIK VA IJTIMOIY HIMOYA
янв.21
ONA TILI — MILLIY O‘ZLIK VA MA’NAVIY MEROS TIMSOLI
янв.21
YUQORI BESHQO‘RG‘ON MAHALLASI RAISINING 9 OYLIK HISOBOTI ESHITILDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUNLAR
янв.21
2026–2027-KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: MAKTAB FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Bo‘stonobod mahallasida 9 oylik faoliyat hisoboti eshitildi
янв.21
130-sonli DMTTning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
TOSHKENT SHAHRIDA JAMOAT TRANSPORTI FAOLIYATI VA YO‘LOVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILMOQDA

#Sessiya_oldi_organish #19_1_Modda_ijrosi

❗️TOSHKENT SHAHRIDA JAMOAT TRANSPORTI FAOLIYATI VA YO‘LOVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILMOQDA

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari tomonidan Toshkent shahar hokimining transport va yo‘l infratuzilmasi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Abdurahmon Baxtiyev bilan birgalikda poytaxtda jamoat transportining o‘z vaqtida harakatlanishini ta’minlash borasida ko‘rilayotgan choralar hamda avtomobil yo‘llarini qurish, qayta qurish, ta’mirlash va saqlash holati yuzasidan hududlarda sessiyaoldi o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

🔺 O‘rganishlarning dastlabki manzili Botir Zokirov ko‘chasida joylashgan “Paxtakor” transport o‘tish bog‘lamasi bo‘ldi. Deputatlar va soha mutasaddilari ushbu hududda jamoat transporti harakati, yo‘lovchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda avtobuslar qatnovini tashkil etish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

🚌 Xususan, avtobuslarning belgilangan jadval asosida harakatlanishi, yo‘lovchilarning transport vositalariga chiqish va tushishidagi qulayliklar, bekatlar infratuzilmasi hamda transport vositalarining to‘xtash va harakatlanish tartibi bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

♻️ Shuningdek, transport o‘tish bog‘lamasida yo‘lovchilar oqimini samarali boshqarish, jamoat transporti xizmatlari sifatini oshirish, avtobuslar harakatidagi uzilishlarning oldini olish hamda yo‘lovchilar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish masalalari ko‘rib chiqildi.

🗣 Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi, “Toshshahartransxizmat” AJ hamda Yo‘l harakatini tashkil etish markazi mas’ullari bilan transport tizimining mavjud imkoniyatlari, qatnovlarni muvofiqlashtirish va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish yuzasidan fikr almashildi.

📋 O‘rganish davomida jamoat transportining muntazam va sifatli faoliyat yuritishini ta’minlash, transport infratuzilmasini takomillashtirish hamda mavjud masalalarga amaliy yechimlar ishlab chiqish yo‘nalishlariga e’tibor qaratildi.

➡️ Toshkent shahrida jamoat transporti va yo‘l infratuzilmasi holatini o‘rganish ishlari navbatdagi manzillarda davom etmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 7