Новости

Последние новости

янв.21
Bo‘stonobod mahallasida 9 oylik faoliyat hisoboti eshitildi
янв.21
130-sonli DMTTning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
24 USTUVOR YO‘NALISH: ZAMONDOSH MFYDA YANGI MAHALLA BINOSI QURILISHI O‘RGANILDI
янв.21
🏫 130-DMTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Olmazor tumani Umid MFYdagi Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan fuqaroning yashash sharoiti o‘rganildi
янв.21
“GULZOR” MAHALLASIDA AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOVCHILARGA HISOBOT: III CHORAK DAVOMIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR SARHISOB QILINDI
янв.21
130-sonli DMTTning Oshxona foaliyati o‘rganildi
янв.21
SPORT INFRATUZILMASI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
22-sonli DMTTning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
YANGIBO‘STON MFYDA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

 Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashi deputati E. Rajabov tomonidan o‘z saylov okrugidagi Yangibo‘ston mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvning asosiy maqsadi aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarning doimiy daromad manbalariga ega bo‘lishiga ko‘maklashish, shuningdek, ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish orqali iqtisodiy faolligini oshirish masalalarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

Muloqot davomida fuqarolarning bandligini ta’minlash, o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlaridan foydalanish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda mavjud tashabbuslarni rivojlantirish bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Aholi tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, fuqarolarni qiynayotgan masalalar hamda ularning yechimiga doir fikr-mulohazalar o‘rganildi.

Shuningdek, aholining tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va yangi daromad manbalarini shakllantirish muhimligi ta’kidlandi. Bu borada fuqarolarning tashabbuslarini o‘rganish va ularni amalga oshirishga ko‘maklashish aholi farovonligini oshirishning muhim omillaridan biri ekani qayd etildi.

Uchrashuv davomida bildirilgan murojaat va takliflar aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish nuqtayi nazaridan muhokama qilindi.

Slide 1 of 2