Новости

Последние новости

5-sonli maktabda ko‘mir zaxirasi o‘rganildi

5-sonli maktabda ko‘mir zaxirasi o‘rganildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Artikov Davron Omarbayevich hamda Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich “Naymanko‘l” OFY 1-Nayman saylov okrugi hududidagi 5-sonli maktabga tashrif buyurdi.

🏫 O‘rganish davomida maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi doirasida ko‘mir saqlash omborxonasi, mavjud zaxira va uning yetarliligi ko‘zdan kechirildi.

🔎 Mas’ullar bilan mavsum davomida yoqilg‘i ta’minotini uzluksiz tashkil etish va mavjud zaxiradan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.