Новости

Последние новости

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Kotibiyat_faoliyati_yuzasidan
Kotibiyat faoliyati va ish yuritish hujjatlari muhokama qilindi


👤 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O.Tursunov tomonidan kotibiyat bosh mutaxassislari Sh.Xo‘janazarov va S.Safarov ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

🔎 Yig‘ilishda Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi kotibiyati mudiri Sherpo‘lat Boyqulov tomonidan Sherobod tumani Kengashi kotibiyati faoliyatini o‘rganish davomida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan fikr almashildi.

📑 Jumladan, kotibiyat tomonidan yuritilayotgan hujjatlarning amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi, ish yuritish jarayonida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Shuningdek, ish yuritish sifatini yanada yaxshilash, hujjatlarni belgilangan talablar asosida rasmiylashtirish va ijro intizomini mustahkamlash yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

📌 Asosiy maqsad — Kengash kotibiyati faoliyatini takomillashtirish, ish yuritishda qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash hamda hujjatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 2