Новости

Последние новости

янв.21
Umid MFYdagi Workout sport maydonchasi holati o‘rganildi
янв.21
"YUQORI BESHQO‘RG‘ON" MAHALLASI IJTIMOIY XODIMINING 9 OYLIK HISOBOTI ESHITILDI
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA TADBIRKORLIK VA KASB-HUNARGA O‘RGATISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
XOTIN-QIZLAR FAOLINING 9 OYLIK HISOBOTI: MUAMMOLAR, BANDLIK VA IJTIMOIY HIMOYA
янв.21
ONA TILI — MILLIY O‘ZLIK VA MA’NAVIY MEROS TIMSOLI
янв.21
YUQORI BESHQO‘RG‘ON MAHALLASI RAISINING 9 OYLIK HISOBOTI ESHITILDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUNLAR
янв.21
2026–2027-KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: MAKTAB FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Bo‘stonobod mahallasida 9 oylik faoliyat hisoboti eshitildi
янв.21
130-sonli DMTTning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
Doimiy komissiya va biriktirilgan tashkilot: hamkorlikdagi ishlar o‘rganildi

🏛 Doimiy komissiya va biriktirilgan tashkilot: hamkorlikdagi ishlar o‘rganildi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda komissiyaga biriktirilgan tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish maqsadida amaliy uchrashuv o‘tkazildi.
📍 Doimiy komissiya raisi O.Shukurov tuman Agrobankida bo‘lib, bank tomonidan hududda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va yangi daromad manbalarini yaratish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
🔎 Uchrashuv davomida:
🔹 tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash;
🔹 aholining tadbirkorlik tashabbuslarini moliyalashtirish;
🔹 kredit mablag‘laridan samarali foydalanish;
🔹 yangi ish o‘rinlari yaratish;
🔹 mahallalarda kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash
masalalari yuzasidan fikr almashildi.
🤝 Doimiy komissiya va biriktirilgan tashkilot o‘rtasidagi tizimli hamkorlik hududning iqtisodiy salohiyatini oshirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda aholi uchun barqaror daromad manbalarini yaratishga qaratilgan vazifalar ijrosini muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.
📋 Mazkur yo‘nalishdagi hamkorlik va deputatlik nazorati muntazam davom ettiriladi.

Slide 1 of 2