Новости

Последние новости

янв.21
Umid MFYdagi Workout sport maydonchasi holati o‘rganildi
янв.21
"YUQORI BESHQO‘RG‘ON" MAHALLASI IJTIMOIY XODIMINING 9 OYLIK HISOBOTI ESHITILDI
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA TADBIRKORLIK VA KASB-HUNARGA O‘RGATISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
XOTIN-QIZLAR FAOLINING 9 OYLIK HISOBOTI: MUAMMOLAR, BANDLIK VA IJTIMOIY HIMOYA
янв.21
ONA TILI — MILLIY O‘ZLIK VA MA’NAVIY MEROS TIMSOLI
янв.21
YUQORI BESHQO‘RG‘ON MAHALLASI RAISINING 9 OYLIK HISOBOTI ESHITILDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUNLAR
янв.21
2026–2027-KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: MAKTAB FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Bo‘stonobod mahallasida 9 oylik faoliyat hisoboti eshitildi
янв.21
130-sonli DMTTning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
🔰Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari muhokama qilindi

🔰Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari muhokama qilindi

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
📌Yig‘ilishda Kengash faoliyatini amaldagi qonunchilik talablari asosida tashkil etish, deputatlarning vakolatlarini samarali amalga oshirishi, deputatlik odob-axloqi qoidalariga rioya etish hamda doimiy komissiya faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
📌Kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglanib, deputatlarning fikr va takliflari o‘rganildi. Muhokamalar davomida Kengash sessiyalari va doimiy komissiyalar yig‘ilishlarini belgilangan tartibda o‘tkazish, masalalarni puxta tayyorlash hamda deputatlik nazoratini kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.
📌Shuningdek, deputatlarning fuqarolar bilan muloqotida, saylovchilar murojaatlarini ko‘rib chiqishda va jamoatchilik bilan ishlash jarayonida yuksak deputatlik madaniyati hamda odob-axloq me’yorlariga amal qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📌Yig‘ilish yakunida muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 4