Новости

Последние новости

янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA TADBIRKORLIK VA KASB-HUNARGA O‘RGATISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
XOTIN-QIZLAR FAOLINING 9 OYLIK HISOBOTI: MUAMMOLAR, BANDLIK VA IJTIMOIY HIMOYA
янв.21
ONA TILI — MILLIY O‘ZLIK VA MA’NAVIY MEROS TIMSOLI
янв.21
YUQORI BESHQO‘RG‘ON MAHALLASI RAISINING 9 OYLIK HISOBOTI ESHITILDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUNLAR
янв.21
2026–2027-KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: MAKTAB FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Bo‘stonobod mahallasida 9 oylik faoliyat hisoboti eshitildi
янв.21
130-sonli DMTTning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
24 USTUVOR YO‘NALISH: ZAMONDOSH MFYDA YANGI MAHALLA BINOSI QURILISHI O‘RGANILDI
янв.21
🏫 130-DMTTda o‘rganish ishlari olib borildi
Fuqarolar vakillari faoliyatini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh shakllantirildi

🏛 Fuqarolar vakillari faoliyatini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh shakllantirildi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo'yicha doimiy komissiyasi tomonidan fuqarolar vakillari faoliyatini tashkil etish hamda amaldagi Nizom talablarining tumandagi ijrosini o‘rganish maqsadida ishchi guruh shakllantirildi.
👥 Ishchi guruh tomonidan hududlarda fuqarolar vakillarining faoliyati, ularning aholi bilan ishlashi, fuqarolar vakillari yig‘ilishlarining tashkil etilishi, bayonnomalar yuritilishi hamda qabul qilingan qarorlarning ijrosi o‘rganiladi.
🔎 Shuningdek, quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratiladi:
🔹 kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashdagi ishtirok;
🔹 obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va sanitariya holatini yaxshilashga ko‘maklashish;
🔹 kommunal xizmatlar sifati ustidan jamoatchilik nazoratida ishtirok etish;
🔹 aholi murojaatlari va hududiy muammolarni aniqlash hamda ularni tegishli tashkilotlarga yetkazish;
🔹 mahalla komissiyalari bilan hamkorlik;
🔹 fuqarolar vakillarining har chorakda aholi oldida hisobot berishi holati.
📌 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammolarni bartaraf etish va fuqarolar vakillari faoliyatini yanada samarali tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar ishlab chiqiladi.
⚖️ Mazkur ishlar fuqarolar vakillarining faoliyatini tartibga soluvchi Nizom talablari ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati doirasida amalga oshirilmoqda.

Slide 1 of 1