#Davlat xizmatlari, FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holati o‘rganildi
📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputati Y.Musayev, tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinovlar tomonidan tumandagi Davlat xizmatlari markazi va FHDYo organlari hodimlari tomonidan aholiga xizmat ko‘rsatilishi holati bilan yaqindan tanishdi.
📌O‘rganish davomida markazlarda aholiga yaratilgan sharoitlar, davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifati, murojaatchilarga qulayliklar yaratish, navbat tizimi hamda xizmat ko‘rsatish jarayonining shaffofligi va tezkorligi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📌Fuqarolarga tug‘ilganlikni qayd etish, nikohni rasmiylashtirish, turli ma’lumotnomalar berish hamda boshqa xizmatlar ko‘rsatish jarayonlari bilan yaqindan tanishilib, murojaat qilayotgan fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazildi.
📌Deputatlar tomonidan xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish, fuqarolar uchun yaratilgan qulayliklarni kengaytirish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!