Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Bobojonova tomonidan ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning sifati hamda ularni bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi.
🔹 Fuqarolarga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va mavjud sharoitlar;
🔹 ijtimoiy reyestrdagi fuqarolarning zarur tibbiy yordamdan foydalanish imkoniyatlari;
🔹 imtiyozli va bepul dori vositalari bilan ta’minlanish holati;
🔹 fuqarolarning murojaatlari va mavjud muammolarni o‘rganishga alohida e’tibor qaratildi.
📌 DEPUTATLIK NAZORATI
O‘rganishdan asosiy maqsad — ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning sifatli tibbiy xizmat va zarur dori vositalaridan foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash, aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralarni belgilashdan iborat.