Новости

Последние новости

янв.21
“ZAMONDOSH” MFY YETTILIGI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT TILI — MILLIY QADRIYAT VA HUQUQIY ASOS
янв.21
IQTISODIY YO‘NALISHDAGI QONUNLAR — DEPUTATLIK FAOLIYATINING MUHIM ASOSI
янв.21
BOLALAR QUVONCHI UCHUN YANGI IMKONIYATLAR — MAHALLADAGI O‘YIN MAYDONCHASI OBOD QILINMOQDA
янв.21
Toshkent shahar Olmazor tumani 242-sonli maktabining sport zali holati o‘rganildi
янв.21
15-oilaviy poliklinikada aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
242-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
15-oilaviy poliklinikada aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
Qoshtut mahallasida hududdagi mavjud holat o‘rganildi
янв.21
Qoshtut MFYdagi Ko‘kzor ko‘chasini asfaltlash masalasi o‘rganildi
Faoliyat o‘rganildi

Faoliyat o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati I. Abdullaeva “Karomon” mahallasida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy islohotlarning ijrosini ta'minlash, xususan, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda zaif qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar samaradorligini yaqindan o‘rgandi.

Tashrif doirasida “Karomon” mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat olib borayotgan ijtimoiy xodim Zuhra Jumaniyozovaning kunduzgi ishlari, fuqarolar bilan muloqot qilish tizimi hamda ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning sifati tahlil qilindi. O‘rganish jarayonida ijtimoiy xodim tomonidan ehtiyojmand, nogironligi bor va doimiy parvarishga muhtoj shaxslar, shuningdek, og‘ir ijtimoiy ahvoldagi oilalar ro‘yxati shakllantirilgani, ularga manzilli va tezkor yordam ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan amaliy chora-tadbirlar ko‘zdan kechirildi.