Oilaning ijtimoiy-turmush sharoitini yaqindan o‘rganildi
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati I. Abdullaeva “Karomon” mahallasida bo‘lib,
ijtimoiy xodim Shahruza Matyakubova bilan birgalikda mazkur mahallaning Birdamlik ko‘chasi 104-uyda istiqomat qiluvchi yolg‘iz ona Surayyo Ibragimovaning xonadonida bo‘ldi va oilaning ijtimoiy-turmush sharoitini yaqindan o‘rgandi.
O‘rganish davomida oilaning yashash sharoitlari, mavjud ehtiyojlari hamda parvarishga muhtoj farzandining salomatligi bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama qilinib, ularni qo‘llab-quvvatlash va manzilli yordam ko‘rsatish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.