Новости

Последние новости

янв.21
“ZAMONDOSH” MFY YETTILIGI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT TILI — MILLIY QADRIYAT VA HUQUQIY ASOS
янв.21
IQTISODIY YO‘NALISHDAGI QONUNLAR — DEPUTATLIK FAOLIYATINING MUHIM ASOSI
янв.21
BOLALAR QUVONCHI UCHUN YANGI IMKONIYATLAR — MAHALLADAGI O‘YIN MAYDONCHASI OBOD QILINMOQDA
янв.21
Toshkent shahar Olmazor tumani 242-sonli maktabining sport zali holati o‘rganildi
янв.21
15-oilaviy poliklinikada aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
242-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
15-oilaviy poliklinikada aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
Qoshtut mahallasida hududdagi mavjud holat o‘rganildi
янв.21
Qoshtut MFYdagi Ko‘kzor ko‘chasini asfaltlash masalasi o‘rganildi
NAMANGAN SHAHAR FHDYO BO‘LIMI FAOLIYATI O‘RGANILDI

NAMANGAN SHAHAR FHDYO BO‘LIMI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri 

N. Ubaydullayev, kotibiyat bosh mutaxassislari A. Nurmatov va 

M. Abdulmajidov tomonidan Namangan shahar FHDYO bo‘limi mudiri Umataliyeva Feruza Rustamovna ishtirokida bo‘lim faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish, aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, xizmatlarning sifati va ochiqligini ta’minlash, shuningdek, xizmat ko‘rsatish jarayonlarining amaldagi tartib va qonunchilik talablariga muvofiqligi holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, bo‘limda fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish jarayoni, hujjatlarni rasmiylashtirish hamda saqlash tartibi, xodimlar faoliyati va xizmat ko‘rsatish jarayonlarining samaradorligi bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish jarayonida fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda qonuniylik, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, aholiga qulay va sifatli xizmat ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, FHDYO organlari faoliyatida qonunchilik hujjatlariga rioya etish, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish bo‘yicha mavjud holat tahlil qilindi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish, xizmatlar sifatini yanada yaxshilash, fuqarolarga qulay shart-sharoitlarni ta’minlash hamda qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

O‘rganish jarayonida fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish, huquqiy axborotdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda aholiga huquqiy xizmatlarni sifatli ko‘rsatish masalalariga ham e’tibor qaratildi. 

Shu bilan birga, huquqni qo‘llash amaliyotida qonunchilik hujjatlarining ijrosini ta’minlash va monitoring qilish muhim yo‘nalishlardan biri ekani qayd etildi.

Slide 1 of 6